Hosting nima, hosting sizga nima uchun kerak va uni qanday tanlash kerak?
Wikipedianing ma’lumot berishicha «Hosting (ingl. «web-hosting») – Internet hosting xizmatining bir turi bo’lib, jismoniy va yuridik shaxslarga o’zlarining web-sahifalarini internetga uzluksiz ulangan web-serverlarga joylashtirish xizmatini nazarda tutadi.»
Keling yanada oddiylashtirib, hostingni ko’p qavatli uy deb olaylik. Demak, sayt bu ko’p qavatli uyda joylashgan bir kvartira. Bundan kelib chiqsak domen o’sha kvartiraning manzili, hosting esa shu manzilda joylashgan kvartira. Kvartirada siz uchun zarur barcha narsalar mavjud bo’lsa, hostingda saytingiz uchun zarur barcha fayllari joylashadi.
Demak, hosting tanlashda nimalarga e’tibor berish lozim: