High-t.uz — Innovatsion xizmatlar uchun zamonaviy vizitka-sayt
Loyiha haqida: High-t.uz brendi uchun kompaniyaning zamonaviy qiyofasini va professional faoliyatini aks ettiruvchi vizitka-sayt ishlab chiqildi. Saytning asosiy vazifasi — brend haqida birinchi ijobiy taassurotni uyg‘otish va mijozlar bilan aloqa o‘rnatishning eng qisqa yo‘lini taqdim etishdir.
Bajarilgan ishlar:
Minimalistik Dizayn: «High-tech» uslubidagi, ortiqcha yuklamalarsiz, tushunarli va ko’zga yoqimli interfeys yaratildi.
Tezkor Aloqa: Mijozlar uchun bir tugma orqali bog’lanish va so’rov qoldirish imkonini beruvchi funksional tugmalar o’rnatildi.
Adaptivlik: Sayt smartfonlardan tortib monitorlargacha barcha qurilmalarda birdek mukammal ishlashi ta’minlandi.
Brending: Kompaniyaning logotipi va korporativ ranglari asosida yagona vizual uslub ishlab chiqildi.
Natija: High-t.uz loyihasi o’zining ixcham, tezkor va professional internet-vizitkasiga ega bo’ldi. Bu esa raqamli muhitda mijozlar ishonchini qozonishda muhim qadam bo’lib xizmat qiladi.