UltraMed.uz — tibbiy texnika savdosi uchun korporativ katalog veb-sayt
Biz UltraMed.uz loyihasi doirasida tibbiy (med) texnika va uskunalar sotish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya uchun sayt dizayni va to‘liq funksional katalog veb-sayt yaratdik. Loyihaning asosiy maqsadi — mahsulotlarni tartibli, professional va ishonchli tarzda taqdim etish hamda mijozlar bilan bog‘lanishni yengillashtirish edi.
Katalog sayt tuzilmasida mahsulot kategoriyalari, texnik tavsiflar, afzalliklar, qo‘llanish sohalari va aloqa bo‘limlari joylashtirildi. Dizayn zamonaviy, toza va tibbiyot sohasiga mos, barcha qurilmalarga to‘liq mos (responsive) qilib tayyorlandi.
Sayt SEO talablariga mos optimallashtirilib, tibbiy texnika bo‘yicha qidiruv so‘rovlarida kompaniya mahsulotlarini samarali namoyish etishga tayyor holga keltirildi.
Natijada UltraMed.uz — tibbiy uskunalarni internetda professional taqdim etuvchi, mijozlar ishonchini oshiruvchi samarali korporativ katalog sayt sifatida topshirildi.