TrendBook.uz — onlayn kitob savdosi uchun sotuvchi 1 sahifali landing sayt
Biz trendbook.uz loyihasi doirasida kitoblarni onlayn sotishni ko‘paytirish maqsadida sayt dizayni va 1 sahifali sotuvchi landing page yaratdik. Sayt foydalanuvchini chalg‘itmasdan tezkor xaridga olib kelish va konversiyani maksimal darajada oshirish uchun ishlab chiqildi.
Landing sahifa marketing va konversiyaga yo‘naltirilgan struktura asosida tayyorlandi: kuchli sarlavhalar, kitobning asosiy foydalari, kimlar uchun mosligi, ishonch bloklari (fikrlar, natijalar), narx va aniq CTA (sotib olish) tugmalari joylashtirildi. Dizayn zamonaviy, chiroyli va tez yuklanadigan, barcha qurilmalarga to‘liq mos (responsive).
Sayt SEO va reklama talablarini hisobga olgan holda optimallashtirildi va Google Ads / ijtimoiy tarmoqlar orqali trafikni samarali qabul qilishga tayyor holatda topshirildi.