Biz marineexpo.mv loyihasi doirasida Maldiv Respublikasida faoliyat yurituvchi kompaniya uchun sayt dizayni va to‘liq funksional veb-sayt ishlab chiqdik. Loyiha bir nechta landing sahifalardan tashkil topgan ko‘p sahifali sayt formatida amalga oshirildi.
Saytning asosiy maqsadi — kompaniya xizmatlari va faoliyat yo‘nalishlarini har birini alohida landing sahifa orqali samarali taqdim etish, xalqaro auditoriya bilan ishlash va murojaatlar sonini oshirishdir. Har bir sahifa konversiyaga yo‘naltirilgan, aniq sarlavhalar, xizmat tavsifi, afzalliklar va bog‘lanish bloklari bilan ishlab chiqildi.
Dizayn premium, zamonaviy va dengiz (marine) tematikasiga mos, xalqaro standartlarga mos UI/UX asosida tayyorlandi. Sayt barcha qurilmalarga to‘liq mos (responsive) bo‘lib, tez yuklanish va qulay navigatsiya ta’minlandi.
Natijada marineexpo.mv — xalqaro bozorda kompaniyani professional namoyish etuvchi, marketing va reklama uchun qulay bo‘lgan ko‘p sahifali landing saytlar majmuasi sifatida topshirildi.