Biz turfasayyoh.uz loyihasi doirasida sayyohlik (turizm) xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi kompaniya uchun sayt dizayni va to‘liq funksional turistik veb-sayt ishlab chiqdik. Saytning asosiy maqsadi — tur xizmatlarini internetda professional tarzda taqdim etish, mijozlar ishonchini oshirish va murojaatlar sonini ko‘paytirishdir.
Veb-sayt tuzilmasida tur paketlar, sayohat yo‘nalishlari, xizmatlar tavsifi, kompaniya afzalliklari va aloqa bo‘limlari joylashtirildi. Dizayn zamonaviy, ishonchli va qulay, barcha qurilmalarga to‘liq mos (responsive) holatda ishlab chiqildi.
Sayt SEO talablariga mos tarzda optimallashtirildi va quyidagi kalit so‘zlarga yo‘naltirildi:
Natijada turfasayyoh.uz — reklama, SEO va ijtimoiy tarmoqlar orqali mijozlarni jalb qilishga tayyor bo‘lgan professional turistik veb-sayt sifatida topshirildi.