Biz sellerpeak24.uz loyihasi doirasida biznesni avtomatlashtirishga ixtisoslashgan IT-kompaniya uchun sayt dizaynini to‘liq qayta dizayn (redizayn) qilib berdik. Loyihaning asosiy maqsadi — murakkab IT mahsulotlarni tushunarli va zamonaviy dizaynda taqdim etish, brend imijini kuchaytirish va konversiyani oshirish edi.
SELLERPEAK24 — Toshkent va O‘zbekiston bo‘ylab savdo avtomatizatsiyasi, ERP tizimlari, kassaviy dasturlar va savdo kompaniyalari uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqadigan professional kompaniya. Redizayn jarayonida biz foydalanuvchi tajribasini (UI/UX) yaxshiladik, sahifalar strukturasini soddalashtirdik va xizmatlarni B2B auditoriya uchun aniq va mantiqiy ko‘rinishda joylashtirdik.
Yangi dizayn zamonaviy, texnologik va ishonchli uslubda ishlab chiqildi, barcha qurilmalarga to‘liq mos (responsive) qilindi. Vizual urg‘ular, ikonlar, ranglar va bloklar orqali katta, o‘rta va kichik biznes uchun avtomatlashtirish yechimlari aniq ko‘rsatib berildi.
Sayt dizayni SEO va marketing talablarini hisobga olgan holda yangilandi va quyidagi kalit yo‘nalishlarga moslashtirildi:
Natijada sellerpeak24.uz — zamonaviy ko‘rinishga ega, ishonch uyg‘otuvchi va savdoni qo‘llab-quvvatlovchi professional redizayn qilingan korporativ sayt sifatida yangilandi.