Biz otopleniy.uz loyihasi doirasida isitish tizimlari (otopleniye) bo‘yicha xizmat va tovarlarni onlayn sotishni ko‘paytirish maqsadida sayt dizayni va 1 sahifali express landing page yaratdik. Sayt Instagram va Google Ads reklamalari orqali keladigan trafikni tezkor buyurtmaga aylantirish uchun mo‘ljallangan.
Landing sayt konversiyaga yo‘naltirilgan struktura asosida ishlab chiqildi: kuchli sarlavhalar, xizmatlar va mahsulotlar tavsifi, asosiy afzalliklar, narxga ta’sir qiluvchi omillar, ishonch bloklari va tezkor aloqa / buyurtma shakllari joylashtirildi. Dizayn zamonaviy, chiroyli va tez yuklanadigan, barcha qurilmalarga to‘liq mos (responsive).
Sayt SEO va reklama talablarini hisobga olgan holda optimallashtirildi va quyidagi kalit so‘zlarga yo‘naltirildi:
Natijada otopleniy.uz — reklama orqali tezkor murojaatlar va onlayn savdoni oshirishga tayyor bo‘lgan samarali express landing sayt sifatida topshirildi.