Biz tradezone.uz kompaniyasi uchun sotuvga yo‘naltirilgan landing sayt yaratib berdik. Ushbu saytning asosiy maqsadi — foydalanuvchini tez jalb qilish, qiziqtirish va murojaat qoldirishga undash. Landing dizayni va matnlari savdo va trading bo‘yicha bilim berish xizmatlarini qisqa, aniq va ishonchli tarzda yetkazishga qaratilgan.
Sayt orqali tashrif buyuruvchilar savdo qilishni o‘rganish bo‘yicha taklif etilayotgan xizmatlar, real natijalar va konsultatsiya imkoniyatlari bilan tez tanishadi. Minimal dizayn, kuchli sarlavhalar va aniq Call To Action (CTA) elementlar yordamida foydalanuvchi e’tibori asosiy maqsadga — aloqa qoldirishga yo‘naltirilgan.
Landing sahifaning asosiy afzalliklari:
tradezone.uz uchun yaratilgan ushbu landing sayt kompaniyaga tezkor murojaatlar, ko‘proq lidlar va yuqori konversiya olib kelishga xizmat qiladi.