Inventa N.S.T. Srl — Italiya brendi uchun 3 tilda global korporativ portal va SEO
Loyiha haqida: Sutni qayta ishlash uskunalari ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoga mashhur Italiyaning Inventa N.S.T. Srl kompaniyasi uchun xalqaro korporativ veb-sayt ishlab chiqildi. Loyihaning asosiy maqsadi — kompaniyaning eksport geografiyasini kengaytirish va sut sanoati uskunalari bozorida global raqobatbardoshligini oshirish edi.
Bajarilgan ishlar:
European Engineering Design: Italiya sifat standarti va sanoat estetikasi asosida tayyorlangan yuqori darajadagi UI/UX dizayn. Sayt kompaniyaning innovatsion muhandislik yechimlarini vizual tarzda taqdim etadi.
3 Tilli Multilingual Tizim: Sayt italyan, ingliz va rus tillarida to‘liq mahalliylashtirildi. Bu kompaniyaga Yevropa, Amerika va MDH bozorlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkonini berdi.
Global SEO Optimizatsiya: Har bir tilda (IT, EN, RU) sohaviy kalit so‘zlar bo‘yicha chuqur SEO ishlari olib borildi. Sutni qayta ishlash uskunalari (dairy equipment) so‘rovlari bo‘yicha sayt qidiruv tizimlarida xalqaro darajada optimallashtirildi.
Sanoat Katalogi: Pasterizatorlar, pishloq tayyorlash liniyalari va boshqa uskunalar haqida to‘liq texnik spetsifikatsiyalar jamlangan raqamli katalog.
Natija: [inventagri.com] sayti Italiya brendini jahon bozorida raqamli vakili sifatida namoyon etdi. SEO natijalari evaziga saytga xalqaro organik trafik oqimi shakllandi va turli mamlakatlardan kelayotgan B2B so‘rovlar soni 35% ga ortdi.