Ni Hao China — Xitoyda ta’lim olish uchun yuqori konversiyali Korparativ sayt
Loyiha haqida: Talabalarni Xitoyning nufuzli universitetlariga grant va shartnoma asosida joylashtiruvchi Ni Hao China konsalting markazi uchun zamonaviy Korparativ sayt ishlab chiqildi. Saytning asosiy maqsadi — Xitoyda o’qish imkoniyatlarini yoritish va abituriyentlardan ariza yig’ish jarayonini avtomatlashtirishdir.
Bajarilgan ishlar:
Maqsadli Dizayn: Yoshlar va ularning ota-onalari e’tiborini tortuvchi, yorqin va ishonchli vizual uslub yaratildi.
Grantlar Katalogi: Xitoy universitetlari, mavjud grant dasturlari va yashash sharoitlari haqidagi ma’lumotlar mantiqiy bloklarga ajratildi.
Lead Generation (Arizalar oqimi): Saytning bir necha joyida «Bepul konsultatsiya olish» va «Hujjat topshirish» tugmalari orqali arizalar qabul qilish tizimi ulandi.
Savol-Javob va Jarayon: Universitet tanlashdan tortib viza olishgacha bo’lgan barcha bosqichlar tushunarli infografika ko’rinishida taqdim etildi.
Natija: Ni Hao China kompaniyasi reklama kampaniyalari (Instagram, Google Ads) uchun tayyor va samarali savdo vositasiga ega bo’ldi. Korparativ sayt orqali kelayotgan mijozlar ishonchi va murojaatlar soni sezilarli darajada oshdi.