MountinMedia.com — media va marketing xizmatlari uchun sotuvchi landing sayt
Biz mountinmedia.com loyihasi doirasida kompaniya xizmatlarini aniq, zamonaviy va samarali tarzda taqdim etish maqsadida sayt dizayni va 1 sahifali sotuvchi landing page yaratdik. Saytning asosiy vazifasi — tashrif buyuruvchini chalg‘itmasdan tezkor murojaat yoki buyurtmaga olib kelishdir.
Landing sahifa konversiyaga yo‘naltirilgan marketing struktura asosida ishlab chiqildi: kuchli sarlavhalar, xizmatlar tavsifi, asosiy afzalliklar, ishonch bloklari va aniq CTA (bog‘lanish / buyurtma) tugmalari joylashtirildi. Dizayn zamonaviy, minimalistik va tez yuklanadigan, barcha qurilmalarga to‘liq mos (responsive) qilib tayyorlandi.
Sayt SEO va reklama talablarini hisobga olgan holda optimallashtirildi va Google Ads hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali keladigan trafikni samarali qabul qilishga tayyor holatda topshirildi.
Natijada mountinmedia.com — xizmatlarni sotuvga yo‘naltirib ishlaydigan samarali landing saytga aylandi.