Biz asiadez.uz loyihasi doirasida dezinfeksiya va sanitariya xizmatlarini samarali sotish maqsadida sayt dizayni va 1 sahifali sotuvchi landing page yaratdik. Sayt foydalanuvchini chalg‘itmasdan tezkor murojaat va buyurtmaga olib kelish uchun ishlab chiqildi.
Landing sayt konversiyaga yo‘naltirilgan marketing struktura asosida tayyorlandi: kuchli sarlavhalar, xizmatlar tavsifi, “muammo–yechim” bloklari, afzalliklar, ishonch elementlari va aniq CTA (buyurtma berish) tugmalari joylashtirildi. Dizayn zamonaviy, chiroyli va tez yuklanadigan, barcha qurilmalarga to‘liq mos (responsive).
Natijada asiadez.uz — reklama va onlayn marketing orqali dezinfeksiya xizmatlariga buyurtmalarni oshirishga xizmat qiluvchi samarali sotuvchi landing sayt sifatida topshirildi.