Biz tonbeton.uz loyihasi doirasida beton va qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya uchun sayt dizayni va to‘liq funksional korporativ veb-sayt yaratdik hamda SEO optimizatsiya ishlarini amalga oshirdik. Loyihaning asosiy maqsadi — kompaniyani internetda professional ko‘rsatish, qidiruv tizimlaridan mijozlarni jalb qilish va buyurtmalarni oshirish edi.
Korporativ sayt tuzilmasida kompaniya haqida ma’lumot, beton mahsulotlari turlari, texnik tavsiflar, afzalliklar, qo‘llanilish sohalari va aloqa bo‘limlari joylashtirildi. Dizayn sanoat va qurilish sohasiga mos, jiddiy va ishonchli uslubda ishlab chiqildi hamda barcha qurilmalarga to‘liq mos (responsive) qilindi.
Loyiha doirasida to‘liq SEO optimizatsiya bajarildi:
Natijada tonbeton.uz qidiruv tizimlarida yaxshiroq ko‘rina boshladi va sayt orqali murojaatlar hamda buyurtmalar soni oshdi.