Biz meripoppins.uz loyihasi doirasida kompaniya/xizmatni tezkor va samarali taqdim etish maqsadida sayt dizayni va 1 sahifali landing page yaratdik. Ushbu saytning asosiy vazifasi — foydalanuvchini chalg‘itmasdan murojaat yoki buyurtmaga olib kelish va konversiyani oshirishdir.
Landing sayt marketing va konversiyaga yo‘naltirilgan struktura asosida ishlab chiqildi: kuchli sarlavhalar, xizmatlarning afzalliklari, ishonch bloklari, qisqa va aniq tavsiflar hamda aniq CTA (bog‘lanish/buyurtma) tugmalari joylashtirildi. Dizayn zamonaviy, chiroyli va tez yuklanadigan, barcha qurilmalarga to‘liq mos (responsive) qilib tayyorlandi.
Sayt SEO va reklama talablarini hisobga olgan holda optimallashtirildi va 1 sahifali formatda maksimal samaradorlikka yo‘naltirildi.