Biz gunwoo.uz loyihasi doirasida polimer quvurlar ishlab chiqaruvchi sanoat korxonasi uchun sayt dizayni va to‘liq funksional express veb-sayt ishlab chiqdik. Sayt kompaniyaning ishlab chiqarish salohiyati, texnologiyalari va mahsulot sifatini professional darajada namoyish etish maqsadida yaratildi.
«GUNWOO» sho‘ba korxonasi 2007-yilda O‘zbekistonda Janubiy Koreya texnologiyalari asosida tashkil etilgan. Kompaniya bugungi kunda bosimli polietilen quvurlar, ikki qatlamli gофrli quvurlar, drenaj-gofrli quvurlar (himoya-filtrlovchi material bilan) hamda turli plastmassa (litiy) mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Barcha mahsulotlar GOST talablariga va tasdiqlangan texnik shartlarga qat’iy amal qilgan holda ishlab chiqariladi.
Veb-sayt tuzilmasida kompaniya haqida ma’lumot, ishlab chiqarish jarayoni, mahsulotlar katalogi, texnologiyalar, sertifikatlar va aloqa bo‘limlari joylashtirildi. Dizayn zamonaviy, sanoat va ishonchli biznes uslubida, barcha qurilmalarga to‘liq mos (responsive) qilib ishlab chiqildi.
Sayt SEO talablariga mos tarzda optimallashtirildi va quyidagi kalit so‘zlarga yo‘naltirildi:
Natijada gunwoo.uz — kompaniyaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini to‘liq aks ettiruvchi, hamkorlar va buyurtmachilar uchun ishonchli professional express sayt sifatida topshirildi.