Biz sayyohgardens.uz loyihasi doirasida turizm faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olish maqsadida sayt dizayni va to‘liq funksional rasmiy veb-sayt ishlab chiqdik. Ushbu saytning asosiy vazifasi — turistik firma faoliyatini qonuniy va ishonchli tarzda namoyish etish, davlat talablari va litsenziya shartlariga mos kelishidir.
Sayt tuzilmasi rasmiy va huquqiy talablarga mos holda ishlab chiqildi: kompaniya haqida to‘liq ma’lumot, turistik xizmatlar, yo‘nalishlar, aloqa bo‘limi, ishonch va huquqiy bloklar joylashtirildi. Dizayn soddalik, aniqlik va biznes uslubiga asoslangan bo‘lib, barcha qurilmalarga to‘liq mos (responsive) qilib tayyorlandi.
Sayt SEO va litsenziya talablarini hisobga olgan holda optimallashtirildi va quyidagi kalit so‘zlarga yo‘naltirildi:
Natijada sayyohgardens.uz — litsenziya olish jarayonida foydalanish, shuningdek kelajakda reklama va SEO orqali mijozlar jalb qilishga tayyor bo‘lgan to‘liq rasmiy turistik veb-sayt sifatida topshirildi.